Tave Kosi – Albaniyaning milliy taomi deb ataladigan ushbu taom qoʻzichoq goʻshti va guruchdan tayyorlanadi. U yogurt va tuxum bilan aralashtirilgan boʻlib, qaymoqli va achchiq tamga egadir. Bu taom avlodlar davomida alban xonadonlarida asosiy taom boʻlib kelgan va mamlakatning boy oshpazlik merosini aks ettiradi. [1]

Albaniyaning milliy taomi Tave Kosi

Tave Kosining kelib chiqishi Usmonli imperiyasining alban oshxonasiga taʼsiriga borib taqaladi. Usmonlilar davrida Bolqonda koʻplab oshxona anʼanalari va ingredientlari, jumladan, pishirishda yogurtdan foydalanish ananaga aylangan edi. Tave Kosi mahalliy ingredientlarni Usmonli pishirish texnikasi bilan birlashtirib, bu taʼmni noyob alban qadryati sifatida rivojlandi. U oson tayyorlanishi, foydali tarkibiy tuzilishi va vitaminlarga boyligi tufayli mashhur taomga aylandi.[2]

Undagi qoʻshimchalar

tahrir
 
Qoʻzichoq goʻshtidan tayyorlangan Tave Kosi

Anʼanaga koʻra, taom qoʻzi goʻshtidan tayyorlanadi, ammo mol goʻshti yoki tovuq goʻshti ham ishlatilishi mumkin. Guruch taomning asosini tashkil etadi va shuningdek yogʻli yogurt, qaymoq, Sarimsoq, arpabodiyon, maydanoz va qora qalampir kabi mahsulotalr qoʻshib tayyorlanadi.[3]

Tayyorlanishi

tahrir

Qoʻzi goʻshti boʻlaklarga boʻlinadi, ziravorlanadi, soʻngra sariyogʻda qovuriladi. Goʻsht pishirilgan yogʻda guruch dimlab pishiriladi ushbu jarayon guruchga goʻsht taʼmi singishida muhimdir. [4] Qisman pishgan guruch boshqa idishga solinadi, keyin uning ustidan qizarib pishgan goʻsht boʻlaklari qoʻyiladi. Yogurtga tuxum, eritilgan sariyogʻ va koʻkatlar qoʻshib koʻpirtiriladi va qaymoqli aralashma hosil qilinadi. Guruch va qoʻzi goʻshti ustiga qatiqli aralashma quyiladi va idish ustki qopqogʻi yopiladi, shu tariqa taom tayyorlanai.[5]

Mintaqaviy oʻzgarishlar

tahrir

Tave Kosi butun Albaniyada sevimli taʼom boʻlsada, mahalliy taʼm va qoʻshimchalari bilan turli mintaqalarda turlicha tayyorlanadi. Janubiy hududlarda taomga ismaloq yoki pomidor kabi qoʻshimcha sabzavotlar qoʻshilishi mumkin. Albaniyaning shimoliy qismlarida qoʻzichoq oʻrniga mol goʻshti diniy qarashlarni hisobga olgan holda ishlatilishi mumkin.[6]

Boshqa turlari

tahrir

Tavv Kosi Bolqon va qoʻshni mintaqalarda shunga oʻxshash taomlar turini hosil qilgan. Yunonistonda Musakka deb nomlanuvchi shunga oʻxshash taomda baqlajon, kartoshka qavatlari va ustiga beshamel kremi qoʻshilgan ser goʻsht taomi mavjud. Boshqa turdosh taom – Pastitsio, maydalangan goʻsht va beshamel sousli yunoncha pishirilgan makaron.[7] Turkiyada Karnıyarık (toʻldirilgan baqlajon) va Imam Bayildi (pomidor sousidagi toʻldirilgan baqlajon) pishirish usullaridan foydalanish jihatidan oʻxshashliklarga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  1. https://www.balkanlunchbox.com/tave-kosi-albanias-national-dish/
  2. https://www.albaniantourism.com/the-history-of-tave-kosi
  3. „Ingredients for Traditional Tavë Kosi.“ Mediterranean Living.
  4. Step-by-Step Tavë Kosi Recipe." The Spruce Eats.
  5. „How to Make Tavë Kosi.“ Taste Atlas.
  6. „Southern Albanian Tavë Kosi.“ Food52. https://food52.com/recipes/82435-southern-albanian-tave-kosi
  7. https://www.olivetomato.com/pastitsio-greek-baked-pasta