Kontent qismiga oʻtish

Insulin: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k →‎Manbalar: kichik o'zgarishlar
Qator 6: Qator 6:
{{manbalar}}
{{manbalar}}


{{med-stub}}
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->


{{med-stub}}

2015-yil 22-dekabr, 14:20 dagi koʻrinishi

Insulin (lot. insula — orolcha) — hayvon va odamning oqsil tabiatli gormoni. Meʼda osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladi. Kanadalik olimlardan F. Banting b-n Ch. Best birinchi boʻlib ajratib olishgan (1921—22). Mol. m. 6000. I. moleku-lasi disulfid bogʻlari b-n birikkan ikkita polipeptid zanjirdan tuzilgan boʻlib, 51 aminokislota qoldigʻidan tashkil topgan. I.da aminokislo-talar qoldigʻining ketma-ket joylashuvini ingliz biokimyogari F. Sanger aniqladi (1945—56). Bu I.ni kimyoviy yoʻl b-n sintez qilishta imkon berdi. I. kimyoviy va gen injenerligi yoʻli b-n sintez qilingan. I. aminokislotalar tartibi birinchi boʻlib aniqlangan oqsil moddadir.

I. glikogenning parchalanishi va jigarda glyukoza sintezlanishini toʻxtatib, qondagi qand miqsorini kamaytiradi. Ayni vaqtda, hujayra mem-branalarining glyukoza oʻtkazuvchanligini oshiradi, natijada, toʻqimalarga glyukoza oʻtishiga imkon tugʻiladi. Organizmda I. yetishmasligi qandli di-abetta sabab boʻladi. Uni davolashda qoʻllaniladigan I. preparatlari (soʻyilgan qoramolning meʼda osti bezidan tayyorlanadi): amorf rux-insulin suspenziyasi, protamin-rux-insulin eritmasi, protamin-insulin suspenziyasi va b. I.ga Karaganda ancha uzok, taʼsir etadi. Darmonsizlik, ishtaqa yoʻqolishi va b. baʼzi kasalliklarda oz-ozdan I. inʼyeksiya qilish buyuriladi. Intoksikatsiyalar (mas, homiladorlarning tinmay qusishi), shizofreniya va jigar kasalliklarini davolashda ham buyuriladi. I. ovqat yeyishdan 30— 60 min. ilgari teri osti yoki muskul orasiga yuboriladi. U oqsil boʻlganidan hazm shiralari taʼsirida yemirilib ketadi, shuning uchun uni ichish naf bermaydi. 6—8 soatdan keyin takror inʼyeksiya qilinadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil