Kontent qismiga oʻtish

Az-Zahir li-Iʼzaz dinillah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
4-iyul 2024, 07:16 dagi Oblakulova (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Az-Zahir li-Iʼzaz dinillah
Tavalludi: 20 June 1005 Vafoti: 13 June 1036
Humkdorlik unvoni
Oldingisi Fatimid Caliph
13 February 1021 – 13 June 1036
Keyingisi
Shialik unvonlari
Oldingisi Imam of Isma'ilism
13 February 1021 – 13 June 1036
Keyingisi

Abu al-Hasan (arabcha: أبو الحسن علي ابن الحاكم) (1005-yil 20-iyunda tug'ilgan – 1036-yil 13-iyunda vafot etgan) - Fotimiylarning yettinchi xalifasi (1021–1036). Az-Zahir li-I'zaz dinillah (arabcha: الظاهر لإعزاز دين الله[1]) laqabi bilan tanilgan. Az-Zahir hokimiyat tepasiga otasi Abu Ali al-Mansur g'oyib bo'lganidan keyin kelgan.

Hukmronligi

1021-yil 14-fevralda al-Hakim gʻoyib boʻlganida hokimiyat tizginini uning singlisi Sitt al-Mulk oʻz qoʻliga oldi. Amakivachchasi Abdurahim ibn Ilyos al-Hakim tomonidan merosxo‘r etib tayinlanganiga ham qaramasdan, uning o‘rniga al-Hakimning 16 yoshli o‘g‘li Alini taxtga ko‘tardi. Ali 28-mart kuni az-Zahir li-I'zoz dinillah nomi bilan qasamyod qildi[2]. Uning raqibi Abulqosim o'zi gubernatorlik qilayotgan Damashqdan Qohiraga chaqirib olindi. Oradan bir necha oy o'tgach esa Abulqosim o'z joniga qasd qilib, vafot etdi[2].

Sitt al-Mulk vafotiga qadar (1023-yil fevral) hokimiyatni tepasida turgan. Tarixchi Thierry Bianquisning so'zlariga ko'ra, Sitt al-Mulk haqiqiy davlat arbobi bo'lgan[2]. U Fotimiylarning birinchi monarxi bo'lib, boshqaruv mas'uliyatini o'z amaldorlari zimmasiga faol ravishda yuklagan va oxir-oqibat, Fotimiy xalifalarining to'liq siyosiy zaiflashuviga olib keluvchi tendensiyaning boshlanishiga sabab bo'lgan[2].

Bu tuzum davrida Fotimiylar davlati inqirozga uchragan. 1023-1025-yillarda Misrda ocharchilik va vabo anarxiyaga olib keldi. Falastin va Suriyada esa badaviylar (1024-1029) o'rtasida qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olonchilar koalitsiyasi Fotimiy diplomatiyasi tomonidan parchalanib ketdi, shundan so'ng, general Anushtakin al-Dizbariy uni harbiy yo'l bilan mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.

Shu bilan birga, 1028-yilda hukmron doiralardan biri Ali ibn Ahmad Jarjaroy o'z hamkasblarini yo'q qilib, vazirlik lavozimini egallashga muvaffaq bo'ldi va ushbu lavozimni 1045-yilgacha saqlab qoldi. Jarjaroy Vizantiya imperiyasi bilan yaxshi munosabatlarga ega edi. Vizantiya va saltanatning nasroniy subyektlari bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida 1009-yilda vayron qilingan Muqaddas qabr cherkovini qayta qurish Vizantiya imperatori Roman III bilan tuzilgan shartnomada uning xalifaligi ostida ruxsat etilgan. Vizantiyaliklar tomonidan moliyalashtirilgan haqiqiy qurilish ishlari 1042-yilga qadar amalga oshirilgan.

Darziylarni ta'qib qilishi

Keyingi yetti yil davomida darziylar e'tiqod masalasida yangi xalifa al-Zahir tomonidan qattiq ta'qiblarga duch kelishgan[3]. Ushbu ta'qiblar Fotimiylar xalifaligi ichidagi hokimiyat uchun kurash natijasi edi. Darziylar yangi xalifani o'z imomlari sifatida tan olishdan bosh tortganliklari uchun ham ularga shubha bilan qaralar edi. Koʻpgina aygʻoqchilar, asosan, ad-Daraziy tarafdorlari darziylar jamoasiga kirib borish uchun unitarlik harakatiga qoʻshilishdi. Ayg'oqchilar muammo qo'zg'atishga va darziylarning obro'siga putur yetkazishga kirishdilar. Bu esa darziylar jamoasi va yangi xalifa o'rtasida kelishmovchilikka sabab bo'ldi. Tortishuvlar Antioxiyadan Iskandariyagacha bo'lgan hududga qadar yoyildi, u yerda o'n minglab darziylar Fotimiylar armiyasi tomonidan o'ldirib yuborildi[4]. Eng katta qirg'in Antioxiyada bo'lib, u yerda 5000 nafar, keyinchalik Halabda darziylarning taniqli vakillari o'ldirilgan[4]. Natijada, asirga olinganlar yo o'z e'tiqodlaridan voz kechishga majbur bo'lishgan yoki o'limga mahkum etilgan. Omon qolgan darziylar, asosan, Livan janubida va Suriyadan topilgan. 1038-yilda, az-Zahir vafotidan ikki yil o'tgach, darziylar harakati qayta tiklanishi mumkin edi, chunki az-Zahirning o'rniga hokimiyat tepasiga kelgan yangi rahbar kamida bir nafar darziylarning taniqli lideri bilan do'stona siyosiy aloqalarga ega bo'lgan[3].

O'limi va merosi

Al-Zahir li-Iʼzaz dinillah o'n to'rt yil davomida imomlik qilgan. Xalifa Ali 1036-yil 13-iyunda vabodan vafot etgach, uning o'g'li al-Mustansir sakkizinchi xalifa etib tayinlangan.

Yana qarang

Manbalar

  1. Brett 2017.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Bianquis 2002.
  3. 3,0 3,1 Rebecca Erickson. "The Druze". Encyclopedia of New Religious Movements. Archived from the original on 18 May 2015. https://web.archive.org/web/20150518085757/http://www.sacredtribesjournal.org/images/Encyclopedia/The_Druze.pdf. 
  4. 4,0 4,1 Moukarim, Moustafa F, About the Faith of The Mo'wa'he'doon Druze, 26 April 2012da asl nusxadan arxivlandi

Adabiyotlar