Kontent qismiga oʻtish

Al-Fayz Binasrulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Fayz Binasrulloh
الفائز بنصر الله
Fotimiylar xalifaligi xalifasi va imomi
Saltanat 1154–1160
Oʻtmishdoshi Az-Zafir
Davomchisi Al-Adid
sulola

[[Fotimiylar xalifaligi

|Fotimiylar]]
Otasi az-Zafir
Dini Ismoiliy, shia, islom

Abulqosim Iso ibn az-Zafir (arabcha: أبو القاسم عيسى بن الظافر) (1149-yilda tugʻilgan – 1160-yilda vafot etgan) – shohlik nomi al-Fayz Binasrulloh (arabcha: الفائز بنصر الله) nomi bilan mashhur. 1154-yildan 1160-yilga qadar Misrda hukmronlik qilgan oʻn uchinchi va Fotimiylar xalifasi. Shialikning ismoiliy boʻlimi 23-imomi. Otasi vazir Abbos ibn Abu al-Futuh tomonidan oʻldirilgach, uning oʻrniga besh yoshli al-Fayz taxtga koʻtarilgan va butun umrini Tal’iy ibn Ruzzikning qoʻgʻirchogʻi sifatida oʻtkazgan. Epileptik tutqanoqlarni boshdan kechirgan al-Fayz oʻn bir yoshida shu kasallikdan vafot etgan. Oʻlimidan soʻng taxtga uning oʻrniga jiyani, oxirgi Fotimiy xalifasi al-Adid kelgan.

Hayoti

Boʻlajak xalifa, Fotimiylar xalifaligining oʻn ikkinchi imomi, xalifa al-Zafirning oʻgʻli Abulqosim Iso 1149-yilda tugʻilgan[1]. Iso 1154-yil 16-aprelda otasi va ikki amakisi vazir Abbos ibn Abu al-Futuh va uning oʻgʻli Nasr tomonidan oʻldirilgan. Shundan keyin al-Fayz besh yoshida taxtga koʻtarilgan[2][3] va unga al-Fayz Binasrulloh (maʼnosi: Allohning yordami bilan gʻolib) shoh nomi berilgan[1]. Amakilarining jasadlari va Fotimiylar qoʻshinlarining baland ovozdagi hayqiriqlari yosh bolani choʻchitib yuborgan. Natijada bu qoʻrquvlar al-Fayzning sogʻligida jiddiy muammolarga sabab boʻlgan. Epileptik tutqanoqlar va titroqlar aynan shu qoʻrquvlarning natijasi boʻlgan[1]. Aynan shu sababdan ham uning ommaviy marosimlardagi roli cheklangan edi. Hatto Nil daryosining suv bosishini nishonlash marosimi ham uning hukmronligi davrida tunda ham oʻtkazilgan[1].

Ushbu qonli voqealar tez orada vazir Abbosning halokatiga olib kelgan. Dahshatga tushgan Fotimiy ayollari oʻzlarining sochlarini kesib, iltijo qilib Asyutning armanistonlik gubernatori Taloyi ibn Ruzzikni yordamga chaqirishgan[3][1]. Ibn Ruzzik ham bu taklifga tezda rozi boʻlib, Qohiraga yurish qilgan. Vazir Abbos bostirib kelgan Ibn Ruzzikning qoʻshiniga qarshilik koʻrsatishga uringan, lekin umumiy qoʻshin tarkibidagi askarlarning aksariyati uni qoʻllab-quvvatlashni istashmagan. Qolgan askarlarning ustiga tinch aholi toshlar bilan hujumga uyushtirishgan. Oxir-oqibat, 29-may kuni Abbos oʻgʻli va bir guruh izdoshlari bilan poytaxtdan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Ular poytaxtdan Suriyaga yoʻl olishgan, ammo 6-iyun kuni Oʻlik dengiz yaqinida salibchilar tomonidan toʻxtatilgan. Vazir Abbos oʻldirilgan, oʻgʻli Nasr Fotimiylarga sotilgan va natijada saroy ayollari tomonidan kaltaklanib, oʻldirilgan[3][1].

Ibn Ruzzik 17-iyunda vakolatli vazir etib tayinlangan[1], voyaga yetmagan al-Fayz esa az-Zafirning singlisi, akalarining oʻlimi uchun Abbos va uning oʻgʻli Nasrdan qasos olishda yetakchi rol oʻynagan Sitt al-Qusur (maʼnosi: saroylar xonimi) boshchiligidagi xolalari vasiyligiga topshirilgan[3][4]. Buyuk Fotimiylar saroylari devorlaridan tashqarida Ibn Ruzzik davlatning haqiqiy hukmdori, Al-Fayz esa uning asiri boʻlgan[2]. U Hijoz va Iroqda Ali ashraflariga faol homiylik qilgan, ammo Fotimiylar sulolasini taxtdan agʻdarish uchun hech qanday harakat qilmagan, aksincha, uning nomidan qudratli va mashhur armanlar uslubida amalda shoh sifatida hukmronlik qilgan. Vazirlar Badr al-Jamoliy va al-Afdal Shahanshohga taqlid qilishga uringan[3].

1155 va 1157-yilda Ibn Ruzzikka qarshi viloyat hokimlari tomonidan uyushtirilgan qoʻzgʻolonlar uyushtirgan[1]. Ibn Ruzzik oʻzining qonuniyligini mustahkamlashga intilib, Falastindagi salibchilarga qarshi tajovuzkor siyosatga olib borgan. 1155-yilda Tirga dengiz hujumi va 1157 va 1158-yillarda Gʻazza va Xevronga bosqinlar uyushtirishgan va muvaffaqiyatga erishgan. Biroq Nuriddin Mahmud ibn Zangiy boshchiligidagi Suriya zangiylari bilan ittifoq tuzish orqali Misrni himoya qilishga urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan[2][3][1]. Qudduslik Baldwin III 1160-yilda Misrga bostirib kirishga tayyorgarlik koʻrayotganida, Ibn Ruzzik pul evaziga uni sotib olish kerak edi[3]. Ibn Ruzzik mamlakatda hozirgi kunga qadar qoʻllanib kelayotgan surunkali daromad tanqisligini bartaraf etish uchun musodara qilish yoʻlini qoʻllagan, u shuningdek, salibchilarga qarshi faol urush olib borgan[3].

Al-Fayz 1160-yil 22-iyulda epileptik tutqanoqdan vafot etgan[2][1]. Ibn Ruzzik uning oʻrniga al-Fayzning voyaga etmagan toʻqqiz yoshli amakivachchasi al-Adidni tanlagan. U vazirning qizlaridan biriga uylangan[1][2]. Al-Adid Fotimiylarning soʻnggi xalifasi boʻlgan[2].

Manbalar

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Halm 2014.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Daftary 2007.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 Brett 2017.
  4. Cortese & Calderini 2006.

Adabiyotlar

Andoza:S-break
Oldingisi Fotimiylar xalifaligi
1154-yil 16-aprel – 1160-yil 22-iyul
Keyingisi
Imam of Hafizi Isma'ilism
16 April 1154 – 22 July 1160