Kontent qismiga oʻtish

Gulsanam Xasanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulsanam Xasanova
Tavalludi 1982-yil 28-fevral
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani
Kasbi pedagog
Ish joylari O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Ilmiy unvoni dotsent
Veb-sayt https://uzjoku.uz/uz

Gulsanam Xasanova (1982-yil 28-fevral) – oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri[1]. „The way of science“ [2] va „European Modern Studies Journal“ [3] xalqaro ilmiy jurnallari tahrir hayʼati aʼzosi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xasanova Gulsanam Xusanovna 1982-yil 28-fevralda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. 2003-yilda Andijon davlat tillar pedagogika instituti bakalavriatura bosqichini tugatgan. 2007-yilda Namangan davlat universiteti magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga grant asosida qabul qilingan va 2009-yilda adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan. 2014-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasining davlat boshqaruvi (ijtimoiy menejment) mutaxassisligi boʻyicha magistraturani davlat granti asosida tamomlagan.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulsanam Xasanova ilk ish faoliyatini 2003-yilda Jalaquduq agrosanoat kasb-hunar kollejida ingliz tili fani oʻqituvchisi lavozimidan boshlagan. 2006-2014 yillarda Andijon davlat tillar pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey xorijiy tillar kafedrasi mudiri, 2018-2019 yillarda Andijon davlat universiteti huzuridagi Andijon viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2019-2020 yillarda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi vazifalarida faoliyat yuritgan. 2020-yil 28-avgustdan hozirga qadar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulsanam Xasanova 2019-yilda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha „Oʻzbekiston va Yaponiya umumtaʼlim va professional taʼlim tizimlari qiyosiy tahlili“ mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan [4]. 2022 yilda pedagogika fanlari boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan. U tomonidan 70 dan ortiq ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar, jumladan 40 dan ortiq ilmiy maqolalar [5]

[6], 2 monografiya, 1 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 30 dan ortiq tezislar [7] chop etilgan.

2019 yilda Latviyaning Lambert Akademik nashriyoti bilan hamkorlikda „Vocational education systems of Uzbekistan and Japan: a comparative analysis“[8] nomli oʻquv qoʻllanmasi chop etildi. Xirsh indeksi 13. „The way of science“ va „European Modern Studies Journal“ xalqaro ilmiy jurnallari tahrir hayʼati aʼzosi.

1 ta xalqaro amaliy loyihasi koordinatori va rahbari, 1 ta innovatsion loyiha ishtirokchisi hamda 1 ta milliy amaliy loyihasi rahbari.

2021-2022 yillarda SUZ80021GR3137 raqamli „Developing English writing skills at upper-intermediate level (Ingliz tilida yozish koʻnikmalarini rivojlantirish (yuqori-oʻrta darajada))“ xalqaro amaliy loyihaga rahbarlik va koordinatorlik qilgan.

2021-2022 yillarda IZ-202102272 raqamli "Bolalarning bilish jarayonlari va matematik tasavvurlarini rivojlantiruvchi „Aqlli bogʻcha“ elektron portalini yaratish" nomli innovatsion loyihada katta ilmiy xodim vazifasida ishlagan.

Hozirda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2023-2025 yillarda bajarilayotgan AL-672205602 raqamli koʻzi ojizlar uchun „Spelling audio dictionary“ audio qoʻllanmasini yaratish nomli amaliy loyihasi rahbari.