Kontent qismiga oʻtish

Hijr surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nahl    15–sura   Ibrohim
Hijr surasi — سورة الحجر
Qurʼon nusxalaridan biridagi Hijr surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 99, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 15, qora rangda - Hijr surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 54, 3. Rukuʼsi soni - 6; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:15, 3. Nozil boʻlish tartibi:54, 4. Rukuʼsi:6, 5. Oyati:99, 6. Porasi (Juzi):14 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 262–267[4]
Juz 14
Sura raqami 15
Oyatlar soni 99
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 6[5]
Muqattaot harflari Alif, lom, ro.[6]
Soʻzlar soni 958
Harflar soni 2797
Nozil boʻlish tartibi 54[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Nahl surasi  Keyingisi 15 Oldingisi  Ibrohim surasi
Nozil boʻlish tartibi
Anʼom surasi   Keyingisi 54 Oldingisi  Yusuf surasi
                                   

Hijr surasi (arabcha: سورة الحجر, nomining maʼnosi — Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy[8][9]) — Qurʼonning 15-surasi. Makkiy suralardan biri, 99 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 262–267[10]-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 54-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu suraning mehvari — oʻqi turli asrlardagi paygʻambarlarni yolgʻonchi qilib, ularga qarshi chiqqan osiylarning hammasi halokatga uchraganlari atrofida aylanadi. Shu boisdan sura bunday kimsalarga iymonsizliklarining oqibati xatarli ekanligi haqida tanbeh berish bilan boshlanadi.

Bu surada burjlarga boʻlingan osmon, hayot kechirish unun moslab yaratilgan zamin, maʼdan-xazinalarni oʻz bagʻriga olib oʻrnashgan togʻlar, yomgʻirli bulutlarga «homilador» boʻlgan shamollar zikr qilinib, bularning barchasi Haq taolo tarafidan insonga xizmat qilish uchun yaratilgani uqtiriladi. Soʻngra Yaratganning amri bilan asli zuvalasi «qora loy»dan qorilgan insonga butun mavjudot sajda qilganida faqat Iblisgina bu farmonga boʻyinsunmay kibr-havo qilganini bayon qilish bilan shaytonning insoniyatga nisbatan boʻlgan adovati to qiyomatgacha davom etishiga ishora qilinadi. Yana bu surada Allohning paygʻambarlari — Ibrohim, Lut, Shuʼayb va Solih alayhis-salomlarning qissalari soʻylanadi. Bulardan Solih paygʻambarning qavmlari — Samud qabilasi Hijr (Madina va Shom oʻrtasidagi vodiy)dan ekanligi zikr qilinib, mazkur suraniig «Hijr» deb nomlanishining boisi shudir.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

HIJR SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

Keyingisi: Nahl surasi 15-sura — arabcha matni Oldingisi: Ibrohim surasi