Kontent qismiga oʻtish

buloq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bu-loq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

BULOQ ’er ostadan chiqayotgan suv manbai’, ’chash-ma’. Qoʻy podasi shu buloqdan suv ichadi. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ’oqib chiq-’ maʼnosini ang— latgan bula- feʼlidan -q qoʻshimchasi bilan yasalgan deb taxmin qilinadi (ЭСТЯ, II, 258; DS, 121); oʻzbek tilida q undoshi taʼsirida uning oldidagi a unlisi â unlisiga almashgan: bula- + q = bulaq > bulâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Yer ostidan otilib, qaynab chi-quvchi suv va shunday suv chiqib turgan joy, chashma.◆  Issiq buloq. Buloq suvi. Soʻzningonasi — quloq, suvning onasi — buloq. Maqol. m ◆ Buloq boʻyida joy qilishibdi. Dasturxon usti noz-nematga toʻla. "Saodat".◆  Maxsum.. choʻqqining shunday biqinidan qaynab chiqayot-gan buloqda yuvindi. S. Anorboyev, Oqsoy.

2 koʻchma poet. Boy manba. Ijod bulogʻi. Onaning qalbi — mehr bulogʻi. Maqol. m Ijod, nashʼa kundan-kun ziyod, Yoʻqdir orzu bulogʻiga band! Gazetadan. Folklor xalq dahosining tuganmas bulogʻi boʻlib, yozma adabiyot har doim undan bahra topib keladi. "OʻTA". Daromadning yana boshqa bulogʻi chiqib qoldi. "Mushtum".◆  Onaning koʻkragi bitmas buloqdir! Dshsh oq boʻlganidan suti ham oq-dir! Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri.

Burnidan buloq boʻldi Burnidan chiqdi, tatimadi, zoye ketdi.◆  Toʻychi doʻkonchining ham yegan-ichgani burnidan buloq boʻlib chiqadi. A.
Koʻchimov, Halqa. Koʻz bulogʻi qaynamoq Qattiq yigʻlamoq, koʻz yoshi toʻkmoq. Endi ona ancha tuzalib qoldi. Faqat Botiralini eslasa, bagʻri eziladi, dili erib, koʻzlarining qoʻsh bulogʻi qaynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БУЛОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

buloq

OʻTIL

buloq
1 родник, ключ; источник; // родниковый; ◆ issiq buloq горячий источник; ◆ buloq suvi родниковая вода; ◆ buloqdek qaynamoq бить ключом;
2 перен. источник (чего-л.); ijod bulogʻi источник созидания, источник творчества.