Kontent qismiga oʻtish

tuhmat

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tuh-mat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arab. — ayblash, ayblov;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida oʻylab chiqarilgan asossiz daʼvo; boʻhton. ◆ Tuhmat qilmoq. Tuhmat yogʻdirmoq. Tuhmat tosh yoradi, Tout yormasa, bosh yoradi. Maqol. ◆ Nega eringga xat yozmaysan? -Voy bundan boʻlak ham tuhmat bormi? Nega xat yozmas ekanman. A. Qahhor, „Xotinlar.“ ◆ Uying kuygurda ikki oy qadar ishladim. Keyin haydadi. Boshimga qancha tuhmatlar ortdi yana. Oybek, „Tanlangan asarlar.“

2. s. t. Ortiqcha tashvish, dardisar. ◆ Shoshib turganimda, sen ham tuhmat boʻlding menga.

Xizmatga tuhmat s. t. Kimsaga xizmat, yaxshilik qilib, oxiri aybdor boʻlib qolish yoki oʻziga tashvish, dardisar orttirish; yaxshilikka yomonlik. ◆ [Mehri:] Dadang shu toʻngʻiz qoʻpkurning zavodida qancha yil ter toʻkdi. Boy, xizmatga tuhmat qilib, dadangni uch oy qamattirdi. Z. Said, „N. Safarov“ , Tarix tilga kirdi.
Quruq tuhmat 1) oshkor-oydin tuhmat. ◆ Toʻgʻrisini aytsam, siz bu toʻgʻrida bir narsa bilasiz, lekin soʻzlashga Shokirbekdan choʻchib turasiz! — dedi usta. Quruq tuhmatni qoʻyingchi! — dedi usta Farfi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar.“ 2) s. t. ortiqcha tashvish, gʻalva, dardisar. ◆ E, xudoyim-yey, qanaqa quruq tuhmatga qoldim-a! S. Ahmad, „Hukm.“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТУҲМАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tuhmat
1 клевета, поклёп; оговор; // клеветнический; ◆ birovga tuhmat qilmoq клеветать, возводить поклёп (напраслину) на кого-либо; оговаривать кого-либо; ◆ tuhmat qilib yozilgan xat клеветническое письмо; пасквильное письмо;
2 разг. ирон. беда, хлопоты (нажитые ни за что); ◆ tuhmatga qolmoq 1) быть оклеветанным; ◆ Shokir ota behuda tuhmatga qoladi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Шакир-ата ни за что будет оклеветан; 2) быть в ответе (ни за что), нажить беду (ни за что); ◆ quruq tuhmat 1) сущая клевата; 2) беда, хлопоты (нажитые ни за что).